
Sharikli massaj tizimi
Orqani yumshoq va ohista massaj qiladi. Xususiyatlarida butun tana massaji ko‘rsatilgan.
Sotuvda bor
Kreslodan tashqari siz olasiz:
5,0Google’da 54 ta sharh
Relasso jamoasiga Katta rahmat! massaj kreslo o'z vaqtida keldi, Navoiygacha bepul dostavka qilib berishdi. 2026 yil sentabrda oldik. upakovkadan tiniq chiqdi. ishlashiga gap yoq! servisi ham bor ekan. tavsiya qilaman. ota onamga olib berdim mazza qilib har kuni duo qilib ishlatishyapti.
MashaAlloh, ota onam uchun olib berdim o‘ylahanimdan ko‘ra ancha yaxshi ekan, har kuni duo qilishyabdi rahmat katta, boshqalargaham tavsiya qilaman.
boshqa joylarda ham ko‘rgandim yaxshi massaj qilmagan lekin relassonikini umuman boshqa ekan
Servis juda yaxshi tashkillashtirilgan, sotuvchi va operatorlar mijozlarga doim qulaylik qilishga harakat qilishdi. Massaj kreslolar ko‘p, lekin bu yerdagisini sifati ko‘proq maʼqul keldi
Kreslo judayam zo’r ekan. Funksiyalari juda ko’p ekan va qulay ekan. Relasso hodimlarini ham xizmati juda yaxshi ekan👍👍👍.
Relassoni narxlari zur!!!! Tovarlariga gap yuq kresloni mazza qilib ishlatebmiz
Juda ajoyib bizga maqul olgan mahsulotimizdan xursandmiz
Жуда ажойиб дўкон, массаж креслоларининг тури кўплиги сотиб олишдан олдин бемалол ўтириб, синаб кўриш имконини берди. Ходимлари ўз ишининг устаси, муомаласи жуда ёқди. Тез ва бепул етказиб беришди. Ўзингиз ёки яқинларингиз учун сифатли массаж кресло қидираётган бўлсангиз, иккиланмай шу ерга келишни тавсия қиламан!
Жуда хам Зор. Кутганимданда ало. Ходимларнинг муамиласига гап йок жуда зор екан Онамнинг тугулган кунларига олган едим жуда йокди Онамга ва дуоларингиз килдилар. Айтган вактингизда айтган саотингизга йетказиб Бер шар екан.
Айтганда телеграмдан жавоб берган Абдулатиф акага гап йок муамиласи гаплашиши ва тушунтиришлари професионал. Ишиларга омад 👍👍👍
1 ой олдин Relasso кресла оила аъзоларим учун ҳарид қилдим. Энди ўзимгаям гал келмаяпти креслода ўтириш.Яна битта кресло олишим керак шекелли.
Уйлаб топганга ва сотганларга рахмат 2та кресло харид килганман.
PowerGym A31A — uy uchun ixcham massaj kreslosi: sharikli massaj tizimi, Zero Gravity rejimi, 5 ta avtomatik dastur, maksimal yuk 110 kg. Narxi 10 700 000 so‘m. Alif orqali 12 oygacha muddatli to‘lovga olishingiz mumkin. 12 oy kafolat: biror narsa buzilsa, usta uyingizga kelib ko‘radi.

Orqani yumshoq va ohista massaj qiladi. Xususiyatlarida butun tana massaji ko‘rsatilgan.

Yotqizilganda ham kreslo kam joy oladi, kichik xonaga ham sig‘adi.

Massaj paytida musiqa tinglashingiz mumkin: kresloda Bluetooth moduli va ichki stereo tizim bor.

Havo yostiqchalari tanani yumshoq siqadi, orqangiz esa isiydi.
Kresloda yana
Yetkazishdan oldin menejer siz bilan kreslo yotgan holatda qancha joy olishini va uni qayerga qo‘yishingizni aniqlab oladi.
| Karetka | SL-trek |
|---|---|
| Tanani skanerlash | bor |
| Isitish | bor |
| Nol gravitatsiya | bor |
| Avtomatik dasturlar | 5 |
| Maksimal yuk | 110 kg |
| Kafolat | 12 oy, usta uyga keladi |
| Muddatli to‘lov | Alif orqali 12 oygacha, jarimasiz |
10 700 000 so‘m
Narxga kiradi: Toshkent bo‘ylab yetkazish va o‘rnatish12 oy kafolat
Alif orqali muddatli to‘lov — jarimasiz
Alif ustamasi oylik to‘lovga kiritilgan. Aniq summani menejer aytadi.
Sotuvda bor
Ha, bu uy uchun ixcham kreslo. Zero Gravity mexanizmi ixcham qilingan: kreslo yotqizilgan holatda ham kam joy egallaydi.
Kreslo 110 kg gacha vaznga mo‘ljallangan — bu uning maksimal yuki.
Yumshoq: sharikli tizim orqani ohista massaj qiladi, havo yostiqchalari esa tanani yumshoq siqadi. Orqani isitish ham bor.
Ha, Alif orqali 12 oygacha, jarimasiz — 33 mln so‘mgacha bo‘lgan kreslolarga. Ustama: 6 oyga +25 %, 12 oyga +38 %.
Massaj kreslolariga yetkazilgan kundan boshlab 12 oy. Shu muddat davomida servis bepul: biror narsa buzilsa, usta uyingizga kelib tuzatadi.
Naqd yoki Uzcard, Humo, Visa kartasi bilan. Hisob raqamga pul o‘tkazsangiz ham bo‘ladi.
Ha. Toshkent bo‘ylab yetkazish va o‘rnatish bepul — shu kunning o‘zida, aniq vaqtni operator siz bilan kelishib oladi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab ham yetkazib, o‘rnatib beramiz — odatda 3–5 kunda.



| Model | Narxi | Karetka | Avto dasturlar | Isitish | Nol gravitatsiya | Maks. yuk |
|---|---|---|---|---|---|---|
| PowerGym A31A | 10 700 000 so‘m | SL | 5 | bor | bor | 110 kg |
| PowerGym JT-408 | 13 700 000 so‘m | SL | 6 | bor | bor | 130 kg |
| RELASSO JT-M100 | 14 100 000 so‘m | SL | 6 | bor | bor | 130 kg |
| RELASSO JT-888 | 14 900 000 so‘m | SL | 6 | bor | bor | 130 kg |
To‘lov turini tanlang — summani darhol ko‘rasiz.
1 230 500 so‘m oyigajami 14 766 000 so‘m
Menejer qo‘ng‘iroq qilib, summani tasdiqlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi.